O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 22-sentabr kuni Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
BAA TIV rahbarining joriy yil may oyidagi O‘zbekistonga tashrifi va samarali muzokaralari davomi sifatida vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Shuningdek, vazirlar tomonidan Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini yaratishda BAA ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Tashqi siyosat idoralari birinchi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar va Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—BAA hukumatlararo komissiyasining ikkinchi majlisini o‘tkazish jadvali bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi.
Izoh (0)