Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 21-sentabr, payshanba kuni unga nisbatan hujum tayyorlanayotganligi haqida xabar berishganligi uchun BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasiga xavfsizlik nuqtai nazaridan bormaganligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bu yil BMTga (shtab-kvartirasiga) bormaslikka qaror qildim. Chunki AQShda kuch-qudratga ega bo‘lgan ekstremistlar sektori tomonidan hujum qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga ega edim”, — dedi u Venezolana de Television telekanali efirida.
“Ehtiyot bo‘lish kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Avgust oyida Maduro BMT Bosh Assambleyasiga borishni rejalashtirayotgani va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazish istagida ekanligi haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)