Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim fuqarolik urushida hukumat qo‘shinlarining g‘alabasi yaqinlashib qolganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Aleppo va Palmiraning ozod etilishi, Dayr az-Zavr qamalining to‘xtatilishi va Suriyaning ko‘plab hududlarida terrorchilikning yo‘q qilinishi g‘alaba yaqinlashib qolganini isbotlaydi”, — dedi u.
Muallim, shuningdek, mamlakat hududidagi deeskalatsiya zonalari rasmiy Damashqqa tinchlikka erishishda yordam berishiga umid bildirdi.
Suriyadagi ixtilof 2011-yil bahorida boshlangan edi.
Izoh (0)