Rossiyaning Taymir yarim orolida qo‘ng‘ir ayiq bolalar o‘ynayotgan qishloqqa kirib, u yerdagi bolalardan birini olib ketdi va uni g‘ajib tashladi. Bu haqda, minatqa favqulodda xizmatlari rasmiy vakili Olga Degidga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea Xeta qishlog‘ida ro‘y bergan.
“Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, bolalar o‘ynayotgan paytda ularning oldida ayiq paydo bo‘lgan. U olti yoshli o‘g‘il bolani tutib olgan va o‘lganicha g‘ajigan. Mahalliy aholi vakillari hayvonni o‘ldirgan”, — dedi u agentlik bilan suhbatda.
Ayni paytda voqea yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)