21-sentabr kuni O‘zbekiston TIVda Qirg‘izistonning mamlakatdagi elchisi Doniyor Sidiqov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)