Muhandis Kolin Ferz eski BMW avtomobilini harakatlanuvchi jakuziga aylantirdi. Saloni iliq suvga to‘la mashina sinovi aks etgan video kashfiyotchining YouTube’dagi kanalida e’lon qilindi.
Ferz 1989-yili ishlab chiqarilgan mashinadagi barcha tirqishlarni yopib tashladi, bu bilan suyuqlik dvigatelga va boshqa muhim komponentlarga kirmasligi, shuningdek, kuzovdan chiqib ketmasligi ta’minlandi. U simlarni namlanmaydigan plyonka bilan o‘radi, shuningdek, ilgak prujinalarini kuchaytirib, ular ichidagi suv tufayli 1–2 tonnaga oshgan mashina vaznini ko‘tara olishiga erishdi. Kabina poliga dvigatelni sovutish tizimiga ulangan radiatorlar o‘rnatildi.
Muhandis mashinani ikkita havo purkagich bilan ta’minladi — ular ko‘piklar chiqaradi. Shuningdek, yukxonada barbekyu o‘rnatildi. Nihoyat, korpusni yashil gazon bilan qopladi.
Shu modifikatsiyalardan so‘ng Ferz do‘sti bilan jakuzi-avtomobilda test-drayv o‘tkazdi.
Izoh (0)