Ispaniya markaziy hukumati Katatoniyaga qo‘shimcha politsiya kuchlarini olib kelmoqda. 1-oktabrga mo‘ljallangan mustaqillik referendumi va shu munosabat bilan o‘tkazilayotgan ommaviy namoyishlar bunga sabab bo‘lmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Aytilishicha, Kataloniyaga qo‘shimcha kuch sifatida 4 ming politsiyachi yo‘llandi. Ular muxtoriyatga yetib kelgan 5 ming politsiyachiga qo‘shiladi.
“Ularga jamoat joylarini kuzatish va tartib saqlash topshiriladi, ular noqonuniy referendum o‘tkazilgan taqdirda ham ishga solinadi”, — deyiladi mamlakat IIV bayonotida.
Ilgariroq Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Kataloniya ma’muriyati ofislarida tintuv o‘tkazgani, bir qancha rasmiy shaxslarni ushlagani, shuningdek, referendum uchun tayyorlangan 10 millionta byulletenni musodara etgani ma’lum qilingan edi.