Dilshod Nuraliyev murabbiylik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo Chempionati saralashidagi ikkinchi o‘yinida ham ustun keldi.
Shri-Lankaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin 6:0 hisobi bilan yakuniga yetdi. Bahraynga qarshi uchrashuv qahramoni Mirjalol Qosimov bu safar asosiy tarkibda maydonga tushirildi. Ilk o‘yinda u zaxiradan maydonga tushib, 89-daqiqada Bahrayn postiga gol urgan va o‘zbekistonliklar g‘alabasini ta’minlab bergandi.
Ayni vaqtda Iordaniya va O‘zbekiston termalari yuz foizlik ko‘rsatkich qayd etib turibdi. Reglamentga ko‘ra, guruhni peshqadam sifatida yakunlagan jamoalar 2018-yil Malayziyada o‘tadigan Osiyo Chempionatida ishtirok etadi. Shuningdek, 10 ta guruh yakunlariga ko‘ra, 5 ta eng yaxshi 2-o‘rin egalari ham Malayziyaga tashrif buyuradi.
Osiyo Chempionati. Saralash Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni 20-sentabr, dushanba
O‘zbekiston U16 — Shri-Lanka U16 6:0
Gollar: Jasur Jaloliddinov, 4-pen (1:0). Jasur Jaloliddinov, 6 (2:0). Temur Mamasiddiqov, 50 (3:0). Doniyor Sobirov, 69 (4:0). Ruslan Ro‘ziyev, 78 (5:0). Temur Mamasiddiqov, 89 (6:0).O‘zbekiston: Xurshid Muhammadjonov — Miraziz Saidov, Sardor Abdurashidxo‘jayev, Doniyor Sobirov, Temur Mamasiddiqov, Diyor Rahimqulov (Abdurauf Bo‘riyev, 55), Jaloliddin Sodiqov, Jasurbek Jaloliddinov, Javohir Abdualimov (Mironshoh Sattorov, 70), Mirjalol Qosimov, Bo‘ronbek Mirzasalimov (Ruslan Ro‘ziyev, 58).
22-sentabr, jumaIordaniya — O‘zbekistonSaudiya — Shri-Lanka
24-sentabr, yakshanbaBahrayn — IordaniyaO‘zbekiston — Saudiya