Turkiya armiyasi Suriya hududiga harbiy texnika olib kirishni boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ushbu texnika Idlibdagi deeskalatsiya zonasida xavfsizlikni ta’minlashga jalb etiladi.
Mahalliy matbuotda Jilvago‘zi chegara punktini tark etayotgan yuk mashinalari fotosuratlarini chop etdi. Aytilishicha, yuk mashinalariga yuklangan harbiy texnikani oraliq zonada jangovar guruhlar kutib oladi.
May oyidan buyon Suriyada to‘rtta deeskalatsiya zonasi tashkil etildi.
Izoh (0)