Italiya A seriyasining 5-turi o‘z yakuniga yetdi. Quyida yetakchi klublar qayd etgan natijalar keltirib o‘tilgan.
Luchanno Spaletti qabul qilib olganidan so‘ng Milanning “Inter” klubi ilk bor ochko yo‘qotdi. Bungacha ketma-ket to‘rt turda zafar quchgan “neradzurrilar”, 5-turda “Bolonya” bilan durang o‘ynadi.
Turning markaziy o‘yini Rimda kechib, “Latsio” Neapolning “Napoli” klubini qabul qildi. Simone Indzagi jamoasi bungacha “Milan”ni yirik hisobda taslim etgan bo‘lib, “Napoli”ga qarshi o‘yinni ham muvaffaqiyatli boshlagandi. Biroq ikkinchi bo‘limda “Napoli”ni to‘xtatib bo‘lmadi va mehmonlar 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Milan” hamda “Yuventus” o‘z maydonida kutilgan g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Turinliklar safida Paulo Dibala va nihoyat gol ura olmadi. Montellaning “Milan”i esa har ikkala golini penaltidan kiritdi.
Rimning “Roma” va Turinning “Torino” klublari safar o‘yinlarida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
Italiya A seriyasi 5-tur bellashuvlari 20-sentabr, chorshanba
Izoh (0)