Jahonning eng boy ayoli, L‘Oreal kompaniyasi egalaridan biri Lilian Bettankur vafot etdi. U 94 yoshda edi, deb xabar beradi “RBK”.
U Forbes tomonidan tuzilgan jahonning eng boy insonlari ro‘yxatida 14-o‘rinni egallagan edi. Uning davlati 44,7 milliard dollarga baholanardi.
Bettankur kosmetika sohasi yetakchisi — L‘Oreal kompaniyasining 33 foiz aksiyalariga egalik qilardi. Kompaniyaga uning otasi, fransiyalik kimyogar Ejen Shyulle tomonidan 1909-yili asos solingan edi.
1957-yili Bettankur xonim L‘Oreal vorisiga aylandi. U umrining oxirigacha kompaniyaning asosiy aksiyadori bo‘lib qoldi. 1974-yili u o‘z ulushining yarmini Nestle korporatsiyasi aksiyalarining uch foiziga almashtirdi.
Izoh (0)