Tanaffus qilmasdan ishlash kuch-quvvatning butunlay tugashiga olib kelishi mumkin.

Foto: Flickr

Tadqiqotlarga ko‘ra, bizning miyamiz agar 1,5 soatdan oshiqroq vaqt davomida bironta vazifani diqqatni bir joyga to‘plagan holda bajarsa, juda qattiq charchab qolar ekan. Shuning uchun har 1,5 soatda 10-30 daqiqa tanaffus qilish zarur. Bundan keyin esa yana ishga kirishish mumkin.

Olimlarning aniqlashicha, qoloq g‘oyalarning 40% gacha bo‘lgan qismi biz charchagan holatimizda, miyamiz esa avtopilotdagidek ishlab turgan vaqtlarda tug‘ilar ekan. Bunda bizning ost ongimiz va to‘g‘ri bo‘lmagan fikrlashimiz faollashadi. Aynan shuning uchun ishdan dam olganingizdan keyingina siz unumliroq bo‘lasiz va kundalik vazifalarga kuchga to‘lgan holda va qiziqarli g‘oyalar bilan qaytasiz.

O‘zingizga dam berishga kuch toping

Zamonaviy dunyo bizga qimmatbaho vaqtni dam olishga sarflash mumkin emasligi haqidagi qoidaga ishontiradi. Jamiyatning ko‘ziga bu yalqovlik va mahsuldorlikka qarshilik belgisi bo‘lib ko‘rinadi. Olomonning orqasidan ergashish kerak emas.

O‘zingizni hamma narsadan dam olishga majbur qiling

Telefoningizni o‘chiring, dush qabul qiling, sayr qiling, sport bilan shug‘ullaning. Agar siz o‘z ish joyingizni tashlab ketolmasangiz, chiroyli rasmlarni tomosha qiling va tabiat ovozlariga quloq soling.

Tanaffuslarni xizmatni o‘zgartirish bilan aralashtirib yubormang

Bir vazifadan boshqasiga o‘tish bilan siz dam olmaysiz. Buni butun ish kuni davomida emas, balki qisqa vaqt ichida o‘zingizga imkon berishingiz mumkin. Siz to‘liq dam olishingiz kerak.

Kuningizni ish soatlariga va dam olish soatlariga ajrating

Qiyin vazifalarning ish kuningizni buzishiga imkon bermang. Ular uchun aniq vaqtni belgilang, tanaffus paytlarida esa ularni unuting. Shu yo‘l bilan siz har bir kuningizni unumli qilasiz.

Manba: Weekend Rambler