IShID terrorchi guruhi jangarilari Suriya sharqida gumanitar yordam olib ketayotgan Eron konvoyiga hujum uyushtirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Suriya armiyasi tomonidan yaqinda Dayr az-Zavr viloyatida ozod qilingan tumanda ro‘y bergan.
Aytilishicha, hujumdan asosiy nishon konvoyning o‘zi bo‘lgan.
Hujum oqibatida bir kishi yaralangan. Konvoy yo‘lida davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)