O‘tgan hafta Rossiya shaharlarida anonim qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilib, qator jamoat muassasalariga bomba o‘rnatilgani haqidagi xabarlar bilan sarosima keltirib chiqarilgan edi. “RBK” nashri bu masala bo‘yicha surishtiruv o‘tkazib, qo‘ng‘iroqlar Bryusseldan amalga oshirilganini aniqladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, bu ishning ortida xalqaro xakerlik guruhi turadi. U bunday qo‘ng‘iroqlarni to‘xtatish evaziga badal talab qilib, pul ishlashni rejalashtirgan.
Xakerlar maxsus dastur tayyorlagan. U IP-telefoniya orqali savdo markazlari, vokzallar, aeroportlar, maktablar va boshqa obyektlarga qo‘ng‘iroq qilgan.
Rossiya xavfsizlik xizmati va IIV maxsus ishchi guruh tuzdi. U mazkur hujumlarga qarshi turuvchi dasturiy ta’minot yaratish bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)