AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining Iroqdagi IShID terrorchilik guruhi jangarilarini yo‘q qilishiga yaqin qoldi. Bu haqda 18-sentabr, dushanba kuni AQSh Harbiy-havo kuchlarining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi qo‘mondoni general-leytenant Jeffri Xarrigian ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Qarang, oxirgi bir-ikki haftada Iroqdagi vaziyat qanday o‘zgardi. Mosuldan Tal-Afaragacha bo‘lgan butun hududda IShID jangarilari chekinmoqda. Ular bir qator joylarda okop qaziy boshlashini taxmin qilmoqdamiz. Bu ularni yo‘q qilish uchun yanada yaxshiroq imkoniyat beradi”, — deydi u.
Xarrigianning so‘zlariga qaraganda, IShID ustidan g‘alaba yaqinlashgani sayin koalitsiya tomonidan Iroq va Suriyada amalga oshirilayotgan Inherent Resolve operatsiyasida Amerika Harbiy-havo kuchlarining roli ham o‘zgara boshlaydi. General-leytenantning aniqlik kiritishicha, jangarilarning alohida guruhlariga tezkor aviazarbalar berish imkoniyatini saqlab qolish uchun havo razvedkasiga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)