Dilshod Nuraliyev murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi Osiyo Chempionatining saralash bosqichini muvaffaqiyatli boshladi.
Saralash o‘yinlariga Saudiya poytaxti mezbonlik qilmoqda. O‘zbekistonlik futbolchilar undagi ilk uchrashuvni Bahrayn o‘smirlariga qarshi o‘tkazib, 89-daqiqada urilgan yagona gol sabab zafar quchdi. Nuraliyev 83-daqiqaga kelib maydonga Mirjalol Qosimovni tushirdi. 6 daqiqadan so‘ng u raqib darvozasiga g‘alaba golini urdi.
Osiyo Chempionati. Saralash Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni 18-sentabr, dushanba
Bahrayn U16 — O‘zbekiston U16 0:1
Gollar: Mirjalol Qosimov, 89 (0:1).O‘zbekiston: Mo‘minmirzo Qodirov — Abdurauf Bo‘riyev (Mirjalol Qosimov, 83), Xurshid Ubaydullayev, Jasur Abdulbekov, Jaloliddin Sodiqov, Jasur Jaloliddinov, Ruslan Ro‘ziyev (Temur Mamasiddiqov, 63), Doniyor Sobirov, Mironshoh Sattorov, Igor Chikrizov (Bobur Sobirov, 33), Boburmirzo Ergashev.
Oldinda O‘zbekiston termasini yana 3 ta bellashuv kutib turibdi. Ayni paytda Iordaniya termasi guruhni boshqarib turibdi. Ular ilk turda mezbon Saudiyani 2:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, keyinroq Shri-Lanka postiga 7 ta javobsiz gol urdi. Bahrayn esa Shri-Lanka ustidan 6:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
20-sentabr, chorshanbaO‘zbekiston — Shri-LankaSaudiya — Bahrayn
22-sentabr, jumaIordaniya — O‘zbekistonSaudiya — Shri-Lanka
24-sentabr, yakshanbaBahrayn — IordaniyaO‘zbekiston — Saudiya
Izoh (0)