“Xizmatkor ayol hikoyasi” seriali “Emmi” mukofoti bosh nominatsiyasiga loyiq deb topildi, deb yozadi Reuters. Bosh rolni ijro etgan Elizabet Moss “Dramatik serialning eng yaxshi aktrisasi” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi.
“Vitse-prezident” komediya janridagi eng yaxshi serial deb topildi, unda suratga tushgan Juliya Luis-Dreyfus ketma-ket oltinchi marta ushbu janrda “eng yaxshi aktrisa” mukofotini qo‘lga kiritdi.
“Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni Sterling Braun “Bu biz” serialidagi ishi uchun qo‘lga kiritdi. “Atlanta” serialidagi ijrosi uchun Donald Glover “eng yaxshi komediya aktyori” mukofotiga loyiq deb topildi.
“Katta kichik yolg‘on” eng yaxshi mini-serial deb topildi, unda suratga tushgan Nikol Kidman “Mini-serialdagi eng yaxshi aktrisa” mukofotini oldi. Ushbu janrdagi eng yaxshi aktyor nomiga “Bir kuni tunda” mini-serialidagi ishi uchun Riz Ahmad loyiq deb topildi.
Mukofot topshirishning 69-marosimi 17-sentabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)