Qarag‘andada yo‘l-transport hodisasi guvohi jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishning o‘rniga ularni videoga ola boshladi, keyin videoni internetga joylashtirdi, deb yozadi Kazakhstan Today.
YTH Qarag‘anda—Temirtau trassasida yuz berdi: Honda va Toyota Camry avtomobillari to‘qnashib ketdi. Honda haydovchisi Temirtau IIB tergovchisi bo‘lgan. Avariya yuz berganda u xizmat vazifasini bajarmayotgan edi. YTH oqibatida Toyota haydovchisi va uch nafar yo‘lovchi shifoxonaga joylashtirilgan.
Shaxsi aniqlanmagan YTH guvohi jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish o‘rniga sovuqqonlik bilan ularni mobil telefon kamerasiga olgan. Videoga “Prokuratura ana shunday sayr qiladi”, degan izoh qoldirilgan.
Qarag‘anda viloyati prokuraturasi sovuqqon guvoh harakatlaridan g‘azablandi va prokuratura xodimlarining ushbu avariyaga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.
Izoh (0)