• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror imzolandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

    Foto: “Simurgtravel.com”

    Foto: “Simurgtravel.com”

    Hujjatga keltirilgan sharhda aytilishicha, astronomik tadqiqotlar ildizi O‘zbekistonda uzoq o‘tmishga borib taqaladi. O‘zbekiston hududida miloddan avvalgi birinchi ming yillikda qishloq xo‘jaligi ishlarining muddatlarini belgilashda Quyosh, Oy va sayyoralarning harakatlanish qonuniyatlariga doir chuqur bilimlar asosida tuzilgan taqvimlardan foydalanadigan dehqonchilikka ixtisoslashgan rivojlangan tarixiy-madaniy markazlar faoliyat ko‘rsatgan. Astronomiya fan sifatida o‘rta asrlarda jadal sur’atlarda rivojlandi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek kabi o‘rta asrlar buyuk mutafakkirlarining matematika va astronomiyaning rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi butun jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan.

    Astronomiya fanining kelgusida yanada taraqqiy etishi iqtidorli yoshlar orasidan malakali kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish talab etilishini inobatga olib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni xalqimizning astronomiyani o‘rganishdagi buyuk an’analari ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarning astronomiya va aerokosmos faoliyati sohasidagi milliy va dunyo ilm-fanining yangi yutuqlarini o‘rganish va o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqini rivojlantirish, yoshlarning aerokosmik fan va texnika asoslarini egallashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi. Maktabda 200 nafar o‘quvchi tahsil olishi hamda va 150 o‘rinli turar joy binosi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

    Qurilish-ta’mirlash ta’lim muassasasini jihozlash ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil Investitsiya dasturi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

    Buyurtmachi sifatida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniyasi belgilangan bo‘lib, barcha qurilish-ta’mirlash ishlarini 2018-yil 1-avgustiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

    Maktab-internat 2018-2019 o‘quv yili boshlanguniga qadar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan barcha zarur mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.

    Qarorga muvofiq 2018-2019 o‘quv yilidan maktabga 7-sinfdan boshlab har bir sinfda 20 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilgan.

    Astronomiya instituti maktabning o‘quv jarayonida yetakchi mutaxassislar ishtirokini ta’minlaydi, mavjud asbob-uskunalardan foydalangan holda astronomiya bo‘yicha dars va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etadi.

    Ushbu qaror asosida Toshkent shahar, Astronomiya ko‘chasi, 33-uy manzilida Astronomiya instituti hududida “Astronomiya va aeronavtika” bog‘i va Planetariy tashkil etiladi. Shuningdek, Astronomiya institutining asosiy va tarixiy binolarini hamda madaniy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan teleskoplar pavilyonlarini kapital ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

    Ushbu bog‘ va Planetariyga Toshkent shahar hokimligi buyurtmalari asosida Mudofaa vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “Toshkent mexanika zavodi” AJ tasarrufidagi mavjud samolyot namuna(maket)lari ajratiladi va o‘rnatiladi.

    2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:” bo‘limida umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish muhim maqsadlardan biri sifatida belgilangan.

    Mazkur qaror ushbu maqsadni amaliyotda joriy etish, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda izlanuvchan yoshlarni ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida tayyorlashga xizmat qiladi.

    15.09.2017, 10:09   Izoh (0)   7183
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda qariyb 14 million so‘mlik aliment qarzini to‘lashni xohlamagan erkak 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    15.09.2017, 06:15

    Sudga oshirilgan Jasur Ibrohimov ishi, qo‘lga olingan Spark o‘g‘risi, bir haftada 300 mln dollarni so‘mga almashtirgan o‘zbekistonliklar va kunning boshqa muhim xa...

    14.09.2017, 21:23

    Qoraqalpog‘istonlik olim birdaniga ikkita ixtironi amalga oshirdi

    14.09.2017, 19:12

    Jasurbek Ibrohimovning o‘limi bilan bog‘liq ish sudga oshirildi

    14.09.2017, 18:59

    Kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari tekin foydalanish uchun beriladi

    14.09.2017, 17:36

    Sirdaryoda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 187 nafar mas’ul shaxsga jarima chorasi qo‘llanildi

    14.09.2017, 17:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qonda 120 ming dollar qalbaki kupyuralarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 09:15

    Oq uyda ishlagan, Oksfordni bitirgan, ilmiy daraja olgan: Gollivudning eng aqlli aktyorlari

    Kino | 13 avgust, 09:10

    “Ukraina kelajakdagi urush uchun Rossiyaga tayanch bo‘ladigan hududlarini bermaydi” — Zelenskiy

    Dunyo | 13 avgust, 09:07

    Markaziy bank ikki oyda 23 ta bankni jarimaga tortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 08:48

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti rafiqasi hibsga olindi

    Dunyo | 13 avgust, 08:30

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.