Qirg‘iziston yerlarining bir qismi O‘zbekistonga topshirilgani borasidagi provokatsiyalar xalqaro terrorchilik foydasiga ishlaydi. Bu haqda chegaralar bo‘yicha ekspert, Qirg‘iziston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Toqon Mamitov K-News nashriga ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, WhatsApp messenjeri orqali Almazbek Atambayev tomonidan Qirg‘iziston yerlari O‘zbekistonga berilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Go‘yoki buning evaziga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda istiqomat qiluvchi o‘zbeklarni Atambayevga kerakli nomzodlardan biriga ovoz berishga chaqiradi.
“Fikrimcha, internetda va WhatsApp orqali tarqatilayotgan bu xabar assimetrik xarakterga ega. Bu axborotda konkret faktlar yo‘q, faqat so‘zlar, taxminlar. Aftidan, bu qirg‘iz xalqiga qarshi provokatsiya. U Qirg‘izistondagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, navbatdagi etnik ixtiloflarni olov oldirishga qaratilgan”, — dedi Mamitov.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu hozir Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida o‘rnatilayotgan munosabatlarga putur yetkazishga urinishdir.
“Bu Qirg‘iziston xavfsizligiga millatlararo totuvlik borasida tahdid solishdir”, — xulosa qildi ekspert.
Izoh (0)