Rossiyalik tergovchilar ommaviy tarzda amalga oshirilayotgan anonim qo‘ng‘iroqlarga IShID terrorchi guruhi odamlar aloqador ekanligini gumon qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” manbalariga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

“Darhol boshlangan tezkor-tergov harakatlari natijasida anonim xabarlar chet elda turgan, Rossiyada taqiqlangan IShID xalqaro terrorchilik tashkilotiga aloqador odamlar tarafidan amalga oshirilgani aniqlandi”, — deyiladi xabarnomada.

Manbaga ko‘ra, alohida ijrochilarning shaxsiy aniqlangan. Ular chet elda bo‘lgani bois xalqaro qidiruvga beriladi.

Muqaddam FQB bu ish Ukrainadan amalga oshirilayotganini bildirib o‘tgan edi.

Ayni paytda telefon bezoriligi kuzatilgan shaharlar soni 23 taga yetdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.