Karib havzasi va AQShda “Irma” to‘foni oqibatida kamida 81 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ular bevosita to‘fon tufayli, shuningdek, tabiiy ofat asoratlaridan halok bo‘lgani bildirilmoqda. Oldinroq qurbonlar soni 55 kishini tashkil etgani ma’lum qilingandi.
OAVga ko‘ra, AQShda umumiy hisobda 38 kishi to‘fon qurboni bo‘ldi. Ulardan 29 kishi Florida, yana 7 kishi qo‘shni Jorjiya va Janubiy Karolina shtatlariga to‘g‘ri keladi.
Halok bo‘lganlarning yarmidan ortig‘i Karib havzasi orollarida istiqomat qilgan.
Izoh (0)