Litva migratsiya departamenti aeroportda ushlangan Tojikiston fuqarosi Alisher Toshevga boshpana berishdan bosh tortd. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda..
Idora rahbari Evelin Gudzinskaytega ko‘ra, uning boshpana so‘rovi yetarli asosga ega bo‘lmagan.
“U aytgan detallar tasdiqlanmadi. Boshpana so‘rab murojaat etishda uni kim ta’qib etayotganini ko‘rsatish kerak... Axborot turli manbalardan tekshirildi, unga umumiy baho berildi”, — dedi ayol.
14-sentabr kuni Toshev qaror bilan tanishtiriladi, o‘sha kuniyoq qaror ijroga topshiriladi.
Shuningdek, Alisher Toshev Stokgolmdagi terakt ijrochisi, o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov bilan muloqot qilgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)