Bag‘dod markaziy sudi terrorizmda hamda IShID guruhi tarkibida faoliyat yuritishda ayblangan Rossiya fuqarosiga nisbatan hukmni o‘qib eshittirdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, u “az-Zarqaviy” deb atalgan brigada tarkibida bo‘lgan. Jumladan, u 2015-yili Iroq xavfsizlik kuchlariga uyushtirilgan hujumlarda ishtirok etgan.
Sud uni o‘lim jazosiga hukm etdi. Qatl osib o‘ldirish orqali amalga oshiriladi.
Yuqoriroq turadigan sud instansiyasiga hukm ustidan apellyatsiya shikoyati kiritilishi kutilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)