Shu yilning 11–14-sentabr kunlari sog‘liqni saqlash vaziri A. Shodmonov rahbarligida O‘zbekiston delegatsiyasi Vengriyaning Budapesht shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosining 67-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir kun tartibiga Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakabning 2016–2017-yillarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti, JSSTning 2019–2023-yillarga mo‘ljallangan umumiy ish dasturi, “Salomatlik–2020” siyosatini amalga oshirish, Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo davlatlar o‘rtasida dori-darmon ta’minoti bilan bog‘liq aloqalarni yaxshilashga doir bir qator dolzarb masalalar muhokamasi kiritilgan.
Sessiya 14-sentabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)