Quyosh uchqunlanishi inson organizmiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu har bir kishining individual reaksiyasiga bog‘liq. Bu haqda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti D.V. Skobelsin nomidagi yadroviy fizika ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Mixail Panasyuk jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Bu o‘zgarishlar qandaydir effektlarga olib keladi, ammo hamma narsa konkret odamning tanasiga bog‘liq. Kimdir bosh og‘rig‘ini his etadi, kimgadir bu ta’sir qilmaydi”, — dedi Panasyuk RT multimedia markazida bergan matbuot anjumanida.
Uning tushuntirishicha, “inson tanasi suvdan iborat, suv esa o‘tkazuvchandir, va agar elektromagnit maydonida o‘zgarishlar bo‘lsa, odam ichida ham nimadir bo‘lishi kerak”.
Oxirgi kunlarda kuzatilgan Quyosh uchqunlanishi 12 yil ichida kuzatilgan bu turdagi eng yirik tabiiy hodisa bo‘ldi.
Izoh (0)