NASA supervulqonlardan biri uyg‘onishi va buning oqibatida millionlab kishi halok bo‘lishi xavfini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Independent ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Agentlikka ko‘ra, hozirgi kunda dunyoda 20 ta supervulqon bo‘lib, ulardan hatto bittasining harakatga kelishi insoniyatga asteroidga nisbatan ko‘proq zarar etkazishi mumkin.
NASA mutaxassislari Vayoming shtatida joylashgan Yellouston vulqoniga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘lchami 55 kilometr va 72 kilometrni tashkil etadigan Yelloustonning to‘satdan otilishi vulqon qishiga olib kelishi mumkinligi bildirilmoqda.
Olimlar unda hosil qilingan quduq orqali suv haydab, “vulqonni sovutish” niyatida. Keyinchalik hosil bo‘lgan bug‘dan elektr energiyasi olish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)