Futbol bo‘yicha kuchli beshlik milliy chempionatlarida mavsum start olib, ba’zilarida 3 va ba’zilarida 4 ta tur yakuniga yetib bo‘ldi.
Squawka nashrining Twitter’dagi sahifasi mazkur chempionatlarda to‘purar bo‘lib turgan va hozirgacha 5 ta va undan ko‘p gol urgan 5 futbolchi nomini ko‘rsatdi. Ularning barchasi janubiy amerikalik futbolchilar ekani diqqatga sazovor.
Fransiya chempionatida to‘p surayotgan Radamel Falkao hamda Edinson Kavani allaqachon 7 tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “PSJ” va “Monako” hujumchilaridan keyin to‘purarlikka eng yaqinlardan biri ham amerikadan — Neymar. Uning hisobida 4 ta gol bor.
Italiya A seriyasining argentinalik hujumchilari hisoblangan Mauro Ikardi hamda Paulo Dibala ham 5 tadan gol urib ulgurdi. Ispaniya La Ligasida Lionel Messi shunday ko‘rsatkich qayd etgan.
Faqatgina Angliya va Germaniya chempionatlarida to‘purarlar yevropalik futbolchilar. Biroq ular 4 tadan ortiq gol urib ulgurmagan.
Izoh (0)