Tojik davlat tijorat universiteti rahbariyati “yaxshi” va “a’lo” baholarga o‘qiydigan talaba qizlarning to‘y xarajatlarini o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Dialog” nashri xabar bermoqda.
“Axir ular bizning farzandlarimiz. Biz ular erga tegish haqida emas, o‘qish haqida ko‘proq o‘ylashini xohlaymiz. Shuning uchun ularga shunday va’da berdik”, — deb qarorini tushuntirdi universitet rektori Hamidulloxon Faqirov.
Oxirgi paytlarda Tojikiston rasmiylari yoshlarning nikoh to‘ylarini o‘tkazishga ko‘mak berib kelmoqda. Jumladan, Boxtar tumanida 27-avgust kuni qishloq maktabi o‘qituvchisi Saidsho Asrorov va hamshira Marjona Xudoydodovaning to‘yi shaxsan prezident Emomali Rahmon topshirig‘iga ko‘ra o‘tkazib berildi.
Izoh (0)