IShID terrorchi guruhi jangarilari zirhli avtomobillarga mingan xudkushlardan foydalanib, Suriya hukumat qo‘shinlarining Dayr az-Zavrga hujumini to‘xtatishga uringan edi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Suriya hukumat qo‘shinlarining qamal otryadlari tomonidan terrorchilardan 50 dan ortiq jihodmobillari yo‘q qilindi”, — ma’lum qildi Rossiya mudofaa vazirligi vakili.
Ilgariroq Suriya qo‘shinlari Dayr az-Zavrda 28 oy davom etgan qamalni yorib o‘tgani bildirilgan edi. Shahar aholisi ushbu g‘alabani nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi.
Izoh (0)