Suriyada oxirgi sutka mobaynida AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya zarbalari oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Fars agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aviazarba Rakka shahrining kvartallaridan biriga berilgan.
Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar bor.
Ayrim yaradorlar og‘ir ahvoldaligi bois qurbonlar soni ortishi mumkin.
Izoh (0)