AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRning xatti-harakatlari va so‘zlari hali ham mamlakat uchun xavf tug‘dirishini aytib o‘tdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Shimoliy Koreya yirik yadroviy sinovlari o‘tkazdi. Ularning so‘zlari va xatti-harakatlari hali ham Qo‘shma Shtatlar uchun juda xavflidir”, — deb yozdi u.
Prezidetning so‘zlariga qaraganda, KXDR butun dunyo uchun xatar tug‘diradi.
Shuningdek, u Xitoy yordam bermoqchiligini tan oldi, ammo bu ishda “katta muvaffaqiyatga erisha olmagani”ni ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)