Moskvadagi Myanma elchixonasi binosi oldida musulmonlar norozilik namoyishiga to‘plandi. Bu haqda, bloger Ilya Varlamov keltirgan materiallarga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, namoyishchilar piyodalar yo‘lkalari, yo‘llar va hatto yaqin atrofdagi binolar devorlarini band qilib olgan. Ular “Allohu akbar!” deb hayqirib, Myanma hukumatini terrorchilikda ayblamoqda.
Taxminga ko‘ra, namoyishga bir necha yuzdan bir necha minggacha namoyishchilar to‘plangan. Voqea joyiga politsiya va maxsus mo‘ljal kuchlari to‘plandi. IIV aksiya davom etayotgan hududni o‘rab olgan.
https://twitter.com/varlamov/status/904292553528365056
Norozilik namoyishlari Dog‘iston va Chechenistonda ham bo‘lib o‘tmoqda.
Myanmada diniy ozchilik bo‘lmish roxinja xalqi vakillari buddaviy radikallar tomonidan ommaviy tarzda qirib tashlanayotgani haqida xabarlar ushbu aksiyalarga sabab bo‘lmoqda. Rossiya musulmonlari jahon hamjamiyatini islom diniga e’tiqod qiluvchi roxinjalarni himoya qilishga chaqirmoqda.
Izoh (0)