AQSh prezidenti Donald Tramp kongressdan “Xarvi” to‘foni oqibatlarini bartarf etish uchun birlamchi yordam sifatida 7,85 milliard dollar so‘radi. Bu haqda Oq uyga asoslanib Reuters agentligi ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy ma’muriy-budjet boshqarmasi direktori Mik Malveyni sentabr oxirigacha erishiladigan davlat qarzining eng yuqori chegarasi ko‘tarilmasa, bu moliyalashtirishga ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgan.
“Xarvi” so‘nggi 12 yil ichida AQSh hududida sodir bo‘lgan eng dahshatli to‘fon deya topildi. 2005-yilda mamlakatga “Katrina” to‘foni yopirilishi oqibatida Luiziana shtatidagi Janubiy Orlean shahri suv ostida qolgan edi.
Izoh (0)