Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2018-yilda mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga ayollarni jalb etish rejalari haqidagi ma’lumotga izoh berdi. Bu haqda “Vedomosti” ma’lum qildi.
“Kreml bu haqda o‘ylamagandi”, — dedi Peskov shunga taalluqli savolga javob berar ekan.
Oldinroq OAVlarda ayollardan 5-7 kishining nomzodi ko‘rilayotgani bildirilgan, ekspertlar Kseniya Sobchakni “ideal variant” deb atagandi.
Kseniya Sobchak Kreml rejalaridan bexabarligi, “yuqori kabinetlar”da nima muhokama etilayotganini bilmasligini ta’kidladi hamda Rossiya siyosiy muhitiga “zerikarli va jirkanch” deya baho berdi.
Izoh (0)