Twitter servis qoidalarini buzgan yaponiyalik foydalanuvchining akkauntini butunlay o‘chirib tashladi, deb yozadi Meduza. U chivinning hayotiga tahdid qilgandi.
Akkaunti yopib tashlanganidan keyin bir necha kun o‘tgach, foydalanuvchi yangi profil ochdi va uni bloklashlariga sababchi bo‘lgan tvit skrinshotini qo‘ydi. Tvitga o‘lik chivinning surati ilova qilingan va “televizor ko‘rib dam olishga urinayotgan kishini chaqib bezor qilgan” chivinga o‘lim tilangan edi.
Twitter’dan kelgan xabarda aytilishicha, foydalanuvchi “tahdid mazmuniga ega xabar” qoldirgan. Nashr taxmin qilishicha, bloklash haqidagi qarorni odam emas, moderator robot qabul qilgan (odam chivin suratini ko‘rgan bo‘lardi). Twitter hozircha foydalanuvchining shikoyatiga javob qilgani yo‘q.
Izoh (0)