Portugaliya terma jamoasi JCh—2018 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi o‘rinni egallay olmasligi mumkin.
Yevropaning amaldagi chempioni ilk turda Shveysariyadan mag‘lub bo‘lgandi. Shveysariyalik futbolchilar shundan keyin yana 6 ta o‘yinda zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi va guruhda yuz foizlik natija qayd etib turibdi.
Portugaliya termasi ham ketma-ket 6 o‘yinda zafar quchgan bo‘lsa-da, ochkolar soni bo‘yicha ortda qolishda davom etmoqda.
Krishtianu Ronaldu esa saralashning 7 ta o‘yinida 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U hozircha 11 ta gol urgan Robert Levandovskini ortda qoldirib, saralash to‘purari bo‘lib turibdi.
JCh—2018. Saralash “B” guruhi. 7-tur 31-avgust, payshanba
Izoh (0)