Filippin janubida jangarilar bilan to‘qnashuvlar davomida uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 52 nafari yaralandi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Filippin hukumat kuchlari Maravi shahridagi ko‘prikni nazorat ostiga olganidan so‘ng IShIDga xayrixoh jangarilar ularga hujum qildi.
“Biz dushman joylashgan qolgan hududlarni ham tozalash ustida ishlamoqdamiz”, — ma’lum qildi Filippin armiyasi vakili brigada generali Restituto Padilla.
Uning ma’lumotlariga qaraganda, besh nafar jangari to‘qnashuv chog‘ida yo‘q qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)