Tesla asoschisi Ilon Mask o‘z kompaniyasida ishlab chiqarilgan Hyperloop kapsulasi prototipini namoyish qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Kapsula sinovlari SpaceX tomonidan qurilgan tunnelda Hyperloop Pod Competition tanlovi ikkinchi bosqichining boshlanishi arafasida o‘tkazildi. Kapsula 354 kilometr/soat tezlikka chiqa oldi.
Ilon Mask keyingi oyda rekordni 500 kilometr/soatga yetkazishni va’da qilmoqda.
Hyperloop Pod Competition’ning birinchi bosqichida WARR talabalar jamoasi prototipi g‘alaba qozongan edi. Myunxen texnika universiteti muhandislari kapsulani 324 kilometr/soat tezlikka chiqara olgan edi.
Izoh (0)