AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Turkiyaga xayrixoh isyonchilar tomonidan o‘qqa tutildi va javob o‘tini ochdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Koalitsiya vakili polkovnik Rayan Dillonning so‘zlariga qaraganda, voqea Suriya shimolidagi Manbij shahri yaqinida ro‘y bergan.
“Bizning kuchlarimiz o‘qqa tutildi, javob o‘tidan so‘ng ular xavfsiz joyga o‘tib oldi”, — ma’lum qildi harbiy.
Uning so‘zlariga qaraganda, koalitsiya Turkiyani bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)