Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kursisida o‘tirgani haqidagi xabarlarni inkor etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Muqaddam amerikalik biznesmen Feliks Sater Ivankaga shunday imkoniyat taqdim etilganini ma’lum qilgan edi.
Sater 2006-yili amaldagi AQSh prezidentining bolalari bilan Moskvaga tashrif buyurganida Ivanka Putinning o‘rnini bir necha daqiqaga egallagani haqida matbuotga gapirib bergan edi. New York Times’ga bergan izohida Ivanka bu xabarni inkor etmadi, anig‘ini eslay olmasligini tan oldi.
Jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Dmitriy Peskov bu haqdagi savolga javob berdi. Peskov bu voqea haqiqatga mos emasligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)