Jurnalist Yuriy Dudning YouTube’dagi kanalida taniqli siyosatchi va RLDP fraksiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy bilan video-intervyu paydo bo‘ldi, deb yozadi “Repost.uz”.
Boshlovchining bugungi kunda Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda iqtisodiyot qanaqa, degan savoliga Jirinovskiy: “U yerda neft, gaz, uran, oltin, juda ko‘p miqdorda qoramol bor”, — deya javob qildi.
“Siz hozir Qozog‘iston va Turkmaniston haqida gapiryapsizmi?” — deya qaytadan so‘radi jurnalist. “Barchasi birgalikda, bu bitta mintaqa”, — dedi Jirinovskiy.
Izoh (0)