“Interfutbol” gazetasida faoliyatini Tehronning “Istiqlol” klubida davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi Server Jeparov bilan suhbat chop etildi. Unda Server oyoqlarida hali ham kuch bor ekaniga shama qilib, butsalarini mixga ilish haqida o‘ylamayotgani haqida aytgan.
Qalban o‘zimni 35 yosh his qilmayapman. Maydonda 90 daqiqa o‘ynay olaman, bunga kuchim yetadi. Undan ko‘piga ham chidashim mumkin. Eron chempionatida gol urgan so‘nggi o‘yinimda 10 kilometr masofani bosib o‘tibman. Demak, oyog‘imda hali kuchim ko‘p.Oldinda O‘zbekiston milliy terma jamoasini JCh—2018 saralashi doirasida Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Ular oldidan Jeparovning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori ekanini ko‘rish mumkin.Futboldan ketish haqida umuman o‘ylayotganim yo‘q. Maydonda jamoadoshlarim yoki raqiblardan ortda qolayotganimni sezgan kunimoq butsalarimni mixga ilaman. Hozircha esa futboldan charchamadim.
Server Jeparov, O‘zbekiston termasi a’zosi
Negadir ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonishimizga ishonyapman. Hammasi o‘z qo‘limizda, oyog‘imizda va boshimizda (kuladi). Agar o‘zimiz qoqilmasak, bizga boshqa hech kim to‘sqinlik qila olmaydi.O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jeparov to‘p tepayotgan Tehronda mag‘lub bo‘lgach, imkoniyatlar yo‘qolgandek edi. Ertasiga Qatar Janubiy Koreyani taslim qilib, ishonchni qaytarib berdi.Shukrki, millionlab muxlislarimiz tomonidan juda yaxshi qo‘llab-quvvatlashni his qilyapmiz. Ishonchim komil, bu bizga qo‘shimcha kuch-quvvat beradi. Ishonchni qaytara olgan muxlislarga o‘yinchilar nomidan minnatdorchilik bildiraman.
Server Jeparov, O‘zbekiston termasi a’zosi
Quvondik. Endi Qatar taqdim etgan sovg‘adan unumli foydalanib qolishimiz shart. Hech qachon bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganmiz. Foydalanmasak, muxlislar bizni kechirmaydi.Yarim himoyachi suhbat davomida bo‘lajak raqiblarni nimaning evaziga mag‘lub etish mumkinligi borasida ham gapirgan.Server Jeparov, O‘zbekiston termasi a’zosi
Xitoyni sifatli, tashkiliy va jamoaviy o‘yin evaziga yengsa bo‘ladi. Ha, Marchello Lippining kelishi Xitoy jamoasi o‘yinini kuchaytirdi, buni tan olish kerak. Ammo bu g‘alabamizga to‘sqinlik qilmasligi lozim. Qaytarib olingan imkoniyat bizni yanada kuchaytirdi.O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31-avgust kuni Xitoyga qarshi safar, 5-sentabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi uy o‘yinlarida maydonga tushadi.Janubiy Koreya kuchsizlangandek ko‘rinishi mumkin. Ammo bir jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak: termaga nomzod futbolchilarga bir ko‘z yugurtiring. Aksariyati Yevropaning top-klublarida o‘ynaydi. Koreyaliklar ustozi ulardan bemalol ikkita bir xil kuchga ega jamoa tuzishi mumkin.
Yevropada mavsum endi boshlandi. Shu bois, legionerlar o‘zining yuksak formasini tiklab ulgurgani yo‘q. Bundan foydalanib qolishimiz shart. Lekin har qanday holatda ham raqibga past nazar bilan qaramaslik lozim. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatsak, ko‘p yillik orzumiz ro‘yobga chiqadi.
Server Jeparov, O‘zbekiston termasi a’zosi
Izoh (0)