• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Nega millionerlar har bir tangani qadrlaydi?

    Britaniyalik jurnalist Jonatan Margolis tangalarning qadri va zamonaviy dunyoda kimlar ulardan voz kechishga tayyor emasligi haqida fikr yuritadi, deb yozadi InsiderPro.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Tangalarning qiymati qancha turadi? Tom ma’noda emas, misol uchun, Britaniya funti 1,3 dollarga teng. Biroq ular vaqt va mehnat ahamiyati nuqtai nazaridan qancha turadi?

    Onlayn xaridlar, aloqasiz to‘lovlar va kriptovalyutalar zamonida tangalar zamonaviy hayotning eng qadimiy va tarixiy elementlardan biri hisoblanadi.

    O‘tgan hafta supermarketda o‘tkazgan noodatiy 15 daqiqa bir funtlik tanga (dunyodagi eng qimmat tangalardan biri) haqida qayg‘urish kerak-kerak emasligi borasida o‘ylanishga majbur qildi.

    Britaniyaning aksariyat do‘konlaridagi aravachalar maxsus qulflar bilan jihozlangan — ulardan foydalanish uchun maxsus joyga bir funtlik tanga joylash lozim (aravachani ortga qaytargandan so‘ng, uni qaytarib olish mumkin). Qulflarni ishlab chiqaruvchilar bu tizim tashrif buyuruvchilarni aravachalarni qaytarishga rag‘batlantirishiga ishontiradi. Umuman olganda, bu muhim emas.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Mening funtim ana shunday aravacha qulfiga tiqilib qoldi. 30 soniya davomida uni olishga natijasiz urindim, shundan so‘ng do‘kon xodimidan yordam berishini so‘radim. Biroq bularning bari natijasiz bo‘ldi. O‘zimni axmoqdek his qildim — tangani qaytarish uchun vaqt va kuch sarflash mantiqsizlik edi. Biroq prinsipimdan kelib chiqib, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qildim.

    Bu aqlli qaror edimi? Bu savolni farzandlarimga berdim. Kattasi (35 yosh) bir daqiqa ham kutmasligini aytdi. Kichigi (28 yosh) qancha vaqt talab qilinsa ham, tanganing qaytarilishiga erishishini ma’lum qildi va bunga aynan o‘sha prinsipni sabab qilib ko‘rsatdi.

    Savolim ochiqligicha qoldi, shuning uchun odatda jurnalistlar yo‘l tutadigandek, o‘zimga tanish ikki millionerga qo‘ng‘iroq qildim va ular mening o‘rnimda bo‘lganda nima qilishini so‘radim.

    Birinchi “qurbon” kiyim ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya Ted Baker sohibi va bosh direktori Rey Kelvin bo‘ldi. Uning boyligi 468 million funtga baholanadi. U savolimga quyidagicha javob qaytardi:

    “Hech narsaga qaramasdan, tangani qaytarishlarini kutgan bo‘lardim. Bu qisman madaniyat masalasi — men shunday ulg‘aydim va shunday tarbiya oldim. Biroq bu mas’uliyat va hisob-kitob masalasi ham. Tizim ishlashi kerak va do‘kon uning faoliyatidagi har qanday uzilishlardan xabardor bo‘lishi lozim”.

    Hamyonida tangalar olib yurish-yurmasligi va do‘konda qaytimini kutish-kutmasligi haqidagi savolimga Kelvin “ha” va “albatta” deb javob qaytardi. Boshqacha aytganda, Ted Baker bosh direktori har bir funt qadrli degan fikrdagi muvaffaqiyatli insonlar vakili edi.

    Shundan so‘ng sog‘lomlashtiruvchi markazlar tarmog‘i va bir qator asarlar, jumladan, “Pullar bilan aqlli ish tutish yo‘llari” (How To Be Smart With Your Money) kitobi muallifi Dunkan Bannataynga qo‘ng‘iroq qildim. Uning boyligi 225 million funtga baholanadi. Bannatayn quyidagicha javob qaytardi:

    “Tangani aravachada qoldirgan bo‘lardim. Uni qaytarish uchun sarflangan vaqt shunga arzimaydi. Shunga qaramasdan, mashinamda doim avtomobillar to‘xtash joyiga to‘lash uchun tangalar bo‘ladi va do‘konda qaytim berishlarini aniq kutgan bo‘lardim”.

    Yana aniq javob yo‘q.

    Boshqa yo‘ldan borishga qaror qildim va Londonning Attest startapiga minglab britaniyaliklar orasida onlayn-so‘rovnoma buyurtma qildim.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Natijalar kishilarning aksariyati bir funtlik tangani unchalik yuqori qadrlamasligini ko‘rsatdi. So‘rovnoma ishtirokchilarining 75 foizi uni qaytarish uchun  besh daqiqadan kam vaqt sarflashini ma’lum qilgan bo‘lsa, ularning atigi 17 foizi qancha vaqt talab qilinsa, shuncha kutishga rozi bo‘ldi.

    O‘rtacha daromadga ega (yiliga 45—200 ming funt) so‘rovnoma ishtirokchilari funtni qaytarish uchun bir daqiqadan kam vaqt sarflashga tayyor ekanligi hayratlanarli emas.

    Tangalar bilan bog‘liq mantiq doirasidan chetga chiquvchi murakkab hissiy aloqa mavjud. U tangalarni aqchadonga tashlagan vaqtlardan boshlangan. G‘alati tasodif tufayli birinchi va eng mashhur kriptovalyuta bitkoin deb nomlanadi (bitcoin, inglizchadan coin — “tanga”). Bundan tashqari, internet va televideniyeda u aynan tangalar ko‘rinishida tasvirlanadi.

    Funtning avvalgi kursini hisobga olganda — katta avlod u 5 dollar qiymatga ega bo‘lgan davrlarni yaxshi eslaydi — shu sababdan keksa kishilar tangaga ko‘proq bog‘lanishni his qiladi. Joriy yilda u yangicha bezatildi va uning diametri biroz kattalashdi. Shuningdek, mayda tangalarni daromadi past bo‘lgan odamlar ko‘proq qadrlashi ham ravshan.

    Biroq tangalarning kuni ehtimol sanoqlidir (shu jumladan, banknotalarning ham). Romantika va tarixiy qadr-qimmat yo‘qoldi. Buyuk Britaniya hisob-kitobning o‘nli sistemasiga o‘tgunga qadar yoshi 100 yildan ortiq funtlar, shillinglar va penslar tez-tez uchrab turardi. Har bir kishi beixtiyor bu tangalar o‘z asrida nimalarni ko‘rganligi haqida o‘yga tolar edi. Endi esa ular katta ahamiyatga ega bo‘lmagan shunchaki metall bo‘lakchalaridir.

    28.08.2017, 13:34   Izoh (0)   21639
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonning ikki tumani “Tashabbusli byudjet”da ovoz bermaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 00:07

    Xitoy va amerikalik olimlar binolarni sovitadigan sement ishlab chiqdi

    Dunyo | 21 avgust, 23:50

    O‘zbekistonda ayollar rahbarlik qiluvchi kichik korxona va firmalar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 23:40

    Daniya kitobxonlikni rivojlantirish uchun kitoblarga qo‘yilgan 25 foizlik soliqni bekor qiladi

    Dunyo | 21 avgust, 23:30

    Yetti oylik inflyatsiya darajasi 4 foizni tashkil etdi — Statqo‘m

    Iqtisodiyot | 21 avgust, 23:20

    DeepSeek sun’iy intellekti yangilangan modelini taqdim etdi

    Dunyo | 21 avgust, 23:10

    AQSHda mexanik 10 yil oldin yo‘qolgan hamyonni kapot ostidan topib, egasiga qaytardi

    Dunyo | 21 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.