Tinch okeanida, Papua-Yangi Gvineya sohillariga yaqin suvlarda 6,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda, AQSh geologiya xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Silkinishlar epitsentri 6 ming kishi istiqomat qiladigan Lorengau shahrida 115 kilometr shimoli-sharqroqda bo‘lgan. Zilzila 10 kilometr chuqurlikdan o‘tgan.
Qurbonlar va vayronaliklar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)