Gamburgdagi Edeka supermarketi rastalaridan bir kunga boshqa davlatdan olib kirilgan barcha mahsulotlar olib tashlandi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Ayni paytda, rastalar lavhalar o‘rnatilib, ularda xilma-xillikning muhimligi, toqatsizlikka qarshi kurashish lozimligi ta’kidlandi.
“Bizda Germaniyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar assortimenti juda keng, ammo boshqa mamlakatlardan kelgan mahsulotlar bilan birga biz mijozlarimiz qadrlaydigan kamyob xilma-xillikni yaratamiz”, — ma’lum qildi Edeka vakili.
Uning so‘zlariga qaraganda, kampaniya ko‘plarda ijobiy munosabat uyg‘otdi.
Izoh (0)