O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Sanjar Rahmonov professional boksdagi to‘qqizinchi jangida ringga chiqib, raqibini nokaut evaziga mag‘lub etdi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi nomidan jang qiladigan Rahmonov Las-Vegasda amerikalik Noe Lopesga qarshi ringga ko‘tarilgandi. Jang o‘zbekistonlik bokschining nokautli g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Rahmonov hozirga qadar professional boksda 9 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 8 tasida raqiblarini mag‘lub etgan. 1 ta jangda g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmagan. G‘alabalarining teng yarmida Sanjar raqiblarini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)