Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin rasmiy uchrashuvlarda yurgan Mercedes-Benz S-klasse Trasco Bremen zirhli limuzini Sankt-Peterburgda 19,7 million rublga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mashinani sotayotgan avtosalon tegishli e’lonni internetga joylashtirdi.
“Bu avtomobilda Boris Yelsin yurardi. Uni bizga Davlat Dumasi deputati maxsus mo‘ljal garajidan olib keldi. Narxni to‘g‘ri deb hisoblaymiz va hozircha ko‘tarishni rejalashtirmayapmiz”, — ma’lum qildi avtosalon vakili agentlik bilan suhbatda.
Avtomobil biror marta urilmagan, orqa uzatmali, 60 ming kilometr masofa bosgan. Limuzin maxsus buyurtma asosida tayyorlangan.
Izoh (0)