Shvetsiya afg‘onistonlik 106 yoshli Bibihol O‘zbekiyga qochqinlik maqomini bermadi. U dunyodagi eng keksa qochqin ayol hisoblanadi, deb xabar beradi The Local nashri.
Ayol Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrini 2015-yili “Tolibon” tajovuzidan so‘ng tark etgan. O‘sha yili u Xorvatiyadagi qochqinlar lagerida bo‘lganida jahon matbuoti e’tiborini tortgan edi. Bir necha oydan so‘ng O‘zbekiy oilasi Shvetsiyaga yo‘l oldi.
Bu mamlakatga yetib kelish uchun oila Eron, Turkiya va Gretsiyadan o‘tdi. Yo‘l-yo‘lakay yoshlar onaxonni yelkalarida ko‘tarib yurdi. Ular Germaniyaga yetib kelganidan so‘ng bir shifokor ayolga nogironlar aravachasini taqdim etdi.
Shvetsiya qochqinlik maqomini berishdan bosh tortgach, ayol Afg‘onistonga qaytishi yoki boshqa mamlakatga yo‘l olishi lozim. Shvetsiya rasmiylarining qaroriga apellyatsiya berildi, ammo u endi ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)