“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi yangi trenajyor — Boeing 767 havo kemasining Full-flight-simulyatori (FFS) ekspluatatsiyasini boshlab yubordi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Simulyator shu yilning aprelida qabul qilib olingan edi.
FFS Boeing 767 Kanadaning Canadian Aviation Electronics (SAЕ) kompaniyasi taqdim etgan yangi ishlanma bo‘lib, u eng zamonaviy kompyuter dasturiy ta’minotiga, vizualizatsiya va harakat tizimlariga ega. Yangi trenajyorda havodagi va yerdagi turli parvoz vaziyatlari ustida ishlash mumkin.
Xalqaro sanoat standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan vizualizatsiya tizimi tasvirni yuqori sifat bilan ko‘rsatib beradi hamda nostandart vaziyatlardagi murakkab vizual sahnalarni hisoblash imkoniyatini beradi. Simulyatorning kompyuter tizimida o‘rnatilgan aeroportlar ma’lumot bazasi esa istalgan nuqtaga parvozni ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Izoh (0)